“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining rasmiy sayti test rejimida ishga tushirildi

27.11.2014

Joriy yilning noyabr oyida mahalliy Pixel Craft MChJ kompaniyasi bilan hamkorlikda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining rasmiy sayti www.egovernment.uz manzilida test rejimida ishga tushirildi, deb xabar bermoqda “Infocom.uz”.

Skrinshot: “Daryo”

Skrinshot: “Daryo”

O‘zbek, rus va ingliz tillarida ish yuritadigan saytning bosh sahifasi shartli ravishda to‘rt asosiy yo‘nalishga bo‘lingan va Government-to-Citizen — G2C (Davlat – Fuqarolar uchun), Government-to-Business — G2B (Davlat − Tadbirkorlikka), G2F (Xorijiy fuqarolarga) va Government-to-Government — G2G (Hukumat bilan aloqa) deb nomlangan.

Yangi saytda “O‘zbekistonda elektron hukumat” tizimi to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berilgan. O‘zbekiston davlat organlari saytlari talablari bo‘yicha to‘ldirilgan portalning mobil va zaif ko‘ruvchilar uchun versiyalari ham mavjud.

Markaz logotipi ostidagi bosh shior sifatida “Samarali va yorqin suhbat” tanlangan. Sayt to‘g‘risidagi mulohazalarni maxsu bo‘lim orqali yuborish mumkinligi yoki O‘zbekistonda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish masalalarida uzoqroq va to‘liqroq muloqot qilishi uchun ro‘yxatdan o‘tish mumkinligi ma’lum qilingan.


Источник:  http://daryo.uz/2014/11/27/elektron-hukumat-tizimini-rivojlantirish-markazining-rasmiy-sayti-test-rejimida-ishga-tushirildi/


Все новости